15:37 / 18.09.2016
6 388

Olimlar Ohayodagi AYoQShdan topilgan yurakni o‘rganishmoqda

Olimlar Ohayodagi AYoQShdan topilgan yurakni o‘rganishmoqda

AQShda polisiya va kriminalist-olimlar uchinchi haftadirki, Ohayo shtatidagi AYoQShda plastik xaltacha ichida tashlab yuborilgan yurak kimga yoki nimaga tegishli ekanligini aniqlashga harakat qilishmoqda. Bu haqda New York Times ning xabariga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, 25 avgust kuni Noruolk shahridagi AYoQShda tez yordam xizmatining ikki xodimi tushlik qilish uchun to‘xtashadi. Aynan o‘shalar plastik xaltachada yotgan yurakni topib olishadi.

Ayni damda olimlar uni o‘rganishda davom etishmoqda. Ayrim olimlarning fikricha, a’zo shakl va hajm borasida inson yuragiga o‘xshaydi, ammo aniq to‘xtamga kelishga hali erta. Chunki cho‘chqaning ham yuragi ko‘rinish va hajm jihatidan insonnikiga o‘xshab ketadi.

"Bundan tashqari, yurakning kimga yoki nimaga tegishli ekanligini uning terisi DNKsidan ham bilish mumkin", deyishmoqda olimlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar Ohayodagi AYoQShdan topilgan yurakni o‘rganishmoqda