18:54 / 04.08.2024
74

Toshkentda 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Toshkentda 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi “P.A.G.” MCHJ rahbari A.T. va boshqalar jamiyatga qarashli AGTKSHda o‘rnatilgan hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 2,6 mlrd so‘mlik 1,4 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan “P.A.G.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi