Toshkentda haydovchi Malibu 2 avtomobilini 173 km/soat tezlikda boshqardi

Foto: Videodan kadr
Instagram tarmog‘ida sab1rjanav_777 akkaunti egasi Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida Malibu 2 avtomobilini yuqori tezlikda haydagani aks etgan videoni stories'iga joylashtirgan.
Yigit Malibu 2 da 173 km/soat tezlikka chiqqani ko‘rinadi. U bu tezlikka chiqquncha chorrahada yo‘l chizig‘i ustidan harakatlanib, yana bir qoidani buzgan.
Uning Instagram stories'iga qaralsa, u tezlikning ashaddiy ishqibozi ekanligi oydinlashadi. Xususan, uning yana bir videosida mototsiklda 190 km/soat tezlikda harakatlangani aks etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda transport vositalariga:
•Toshkent, viloyat va tuman markazlarida maksimal harakatlanish tezligi 60 km/soat;
•aholi punktlaridan tashqarida 70 km/soat;
•aholi punkti bo‘lmagan boshqa yo‘llarda 100 km/soat;
•shaharlararo qatnaydigan avtobus va yuk mashinalariga 90 km/soat tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angrenda 157 km/soat tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan Equinox haydovchisiga chora ko‘rilgandi. Haydovchi o‘shanda bunday yuqori tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini aytgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Instagram tarmog‘ida sab1rjanav_777 akkaunti egasi Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida Malibu 2 avtomobilini yuqori tezlikda haydagani aks etgan videoni stories'iga joylashtirgan.

Izohlar 0
…