Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani profilaktika inspektori xotini va yoshga to‘lmagan farzandi, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voqea 6 avgust kuni soat 21:00 larda Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori yashagan xizmat xonadonida sodir bo‘lgan.
Bo‘stonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori (1996 yilda tug‘ilgan) turmush o‘rtog‘i (1996 yilda tug‘ilgan) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik davomida o‘ziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024 yilda tug‘ilgan o‘g‘liga o‘q uzib, qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng u o‘z jinoiy qilmishlaridan qutulib qolish maqsadida “PM tabel” quroli bilan boshiga bir marotaba o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi