
Andijon tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, erining nomida bo‘lgan avtomashinadan ulushini so‘rab sudga murojaat etgan.
Joriy yilning 5 iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining da’vogar Sh.Q. (ayol)ning “umumiy mulkni bo‘lish haqida”gi arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash ajrimi chiqarildi.
Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, da’vogar Sh.Q. umumiy mulkni bo‘lish haqidagi arizasida da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishni so‘ragan. Shunga muvofiq, I.Q.ga tegishli “Lada Vesta” rusumli avtomashinasi xatlanishi belgilanib, ijrosi Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limiga topshirilgan.
Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib borib, I.Q.ga tegishli “Lada Vesta” rusumli avtomashinani xatlab qo‘ydi va jarima maydoniga olib kirdi.
Endilikda, sudning yakuniy qarori bilan avtomashina kimning egaligida qolishi ma’lum bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar