13:40 / 08.08.2024
124

Bu yil mandat qanday shakllantiriladi?

Bu yil mandat qanday shakllantiriladi?
Test tugab, abituriyentlar yo‘nalish va OTM tanlashi davom etyapti. Ota-onalar, abituriyent va ustozlarda davlat granti ulushi qanday taqsimlanishi borasida savollar ko‘paygan. Bilimlarni baholash agentligi vakillari savollarga abituriyentlar bilan o‘tkazilgan ovozli chatda ma’lumot berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, bu yil grant kvotalar OTMlar kesimida emas, yo‘nalishlar kesimida taqsimlanishi e’lon qilingan edi. Agentlik vakili Jamshidbek Odilovning tushuntirishicha, bu yil davlat maxsus komissiyasi tomonidan har bitta OTMga yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy ajratilgan grant kvotaga nisbatan foiz belgilab berildi.

Masalan, Buxoro davlat pedagogika institutining ingliz tili kunduzgi ta’limi uchun kvota chiqqanda kvotalar umumiy soni bu to‘lov kontraktni ham, davlat grantini ham o‘z ichiga oldi. XDPIning xorijiy til va adabiyoti ingliz filologiyasiga 75ta kvota berilgan. Shundan 55 tasi o‘zbek, 20 tasi rus guruhlarga. Endi shu umumiy 75ta kvotaning 30 foizi grant bo‘lishi mumkin degani. Ulush degani shu. Agar haqiqatan abituriyentlar yuqori ball to‘plasa, 30 foizgacha grant kvotani egallashi mumkin. Agar yuqori ballar bu yerda kam bo‘lsa yoki bo‘lmasa, bu foizga yetib bormasligi ham mumkin. Agar mana shu ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon tillari yoki Sharqshunoslik universitetiga ham topshirgan bo‘lsa va u yerdagi abituriyentlar BuxPDIdan yuqori ball olsa, asosiy grant kvota o‘sha universitetlarning o‘sha yo‘nalishiga beriladi. Buxoro davlat pedagogika universitetiga 1ta ham grant yetib bormasligi mumkin yoki eng maksimum 30 foizini ham olishi mumkin. Bu abituriyentlar tanlovi va natijasiga bog‘liq. Bu ulush mana shu kvotaning eng maksimum qancha qismi grant bo‘la olishi mumkinligini anglatadi”, – deb tushuntirdi Odilov.

Shuningdek, uning so‘zlariga boshqarma boshlig‘i Habibulla Nuraliyev ham qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, abituriyentlarning topshirgan sonidan kelib chiqib, yuqori ball olganlarga ko‘proq grant beriladi.

Hozir aniq bittasida 10-30 deb ayta olmaymiz. Bu abituriyentlarning tanlovidan keyin aniq bo‘ladi”, – dedi Nuraliyev.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, yo‘nalish va OTMlar tanlab bo‘lingandan keyin qaysi OTMga nechta grant ajratilishini davlat maxsus komissiyasi amalga oshiradi.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, bitta oliygohning ma’lum yo‘nalishi granti uchun maksimal kvota belgilab berilgan bo‘lsa, oliygoh yo‘nalishida yuqori ball to‘plagan abituriyentlar juda ko‘payib ketgan taqdirda ham maxsus komissiya belgilab bergan grant ulushidan ko‘pini qabul qila olmaydi. Umuman olganda, juda yuqori ball olgan ayrim abituriyentlar kontrakt bo‘lib qolishi yoki umuman kirolmaslik ehtimoli ham yo‘q emas. Bu to‘liq mandat chiqqanidan keyin aniq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil mandat qanday shakllantiriladi?