Foto: Mudofaa vazirligi
O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Kuzda mazkur miqdor oshirilishi hisobiga to‘lov narxi ham oshadi.
Joriy yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi.
Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Ya’ni 1 oktyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori hozirgi 7 million 350 ming so‘mdan 8 million 85 ming so‘mga oshiriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Mablag‘lar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini to‘lash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ta’minotiga yo‘naltiriladi.
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”