167
Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus katta yoshli mahbuslar bilan bir kamerada saqlanayotgani aniqlandi
Foto: Bolalar ombudsmani matbuot xizmati
Bolalar ombudsmani tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoring davomida 2-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T.lar sharoitlari ko‘zdan kechirildi va ular bilan alohida suhbatlashildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli mahbuslar bilan bir kamerada saqlanayotgani aniqlandi.
Xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida hollardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlangani uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga qattiq hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.
Tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmay, ayni paytda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan bo‘lib, hibsxona ma’muriyati qonun talablariga qat’iy rioya qilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi