591
“Aybim — kerakciz joyda bo‘lib qolganim”. Andijonlik tadbirkor nega qotillikka qo‘l urdi?
Foto: “Daryo”
“Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi bir paytlar Andijonning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlaridan bo‘lgan. Afsuski, o‘ylamay qilgan xatti-harakati oqibatida bir inson o‘limiga sabab bo‘ldi va ayni kunda jazo muddatini Ohangaron tumanidagi 44-son manzil koloniyasida o‘tamoqda.
Mahkum 58 yoshda, u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
— Oliy ma’lumotli tadbirkorman. Uzoq yil ishlab chiqarish bilan shug‘ullanganman, 80 nafar ayol-qizlarni ish bilan ta’minlagandim. Ammo taqdirimda qamalish va jazo muddatini o‘tash bor ekan.
Voqea 2019 yili sodir bo‘ldi. U kungacha jinoyat qilgan, birov bilan urishgan inson emasdim. O‘lgan inson qo‘shni qishloqdan edi, ammo u bilan unchalik yaqin emasdik. Aybim keraksiz joyda bo‘lganim va urishish niyati borligini bilib, ketib qolmaganim bo‘ldi. Arzimas narsadan gap talashib qoldik, “Chetga o‘tib, gaplashib olamiz”, deb qo‘ymadi va mashinamga o‘tirib oldi. Uning cho‘ntagida buklama pichog‘i borligini bilmagandim. O‘zimni himoya qilish uchun qo‘lini qayirdim. Pichoq bir marta tegibdi, ammo buni sezganim yo‘q. Bir ayol kelib, bizni ajratdi. Men mashinamda, u esa piyoda ketdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, qo‘ng‘iroq qilib tez yordam mashinasida joni uzilganini aytishdi.
Keyin bilsam o‘sha kuni u ulfatlari bilan qimor o‘ynab, bir necha marta yutqazgan ekan. Uning ustiga ozgina kayfi ham bor ekan. Alamda turgan paytida yo‘lidan chiqib qolganim aybim bo‘ldi. Agar g‘ururim uchun kurashmay, ketib qolganimda bunday voqealar bo‘lmasdi. Ammo erkak kishi bo‘lganim uchun bunday qilolmadim.
Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan mahkum jazo muddatining teng yarmini o‘tab, keyin foiz evaziga ozodlikka chiqarilar ekan. Manzil koloniyasida bog‘bonchilik bilan shug‘ullandim. Ammo olti yil davomida shuncha tadbirkorlik ishlarim qolib ketganiga achinaman.
Qamalishimdan ikki oy oldin prezident viloyatimizga tashrif buyuradigan bo‘ldi. Trikotaj fabrikam tashrif marshrutiga tushib qoldi. Viloyat hokimi, undan keyin bosh vazir fabrikamizga kelib, o‘rganishgandi. Hamma ishlarim ko‘ngildagidek ketayotgandi. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 2 milliard so‘m kredit olgandim, qurilish ishlarini boshlagandik. O‘g‘illarim ham men bilan ishlardi, ammo ozodlikdan mahrum etilganimdan keyin ishlarni davom ettirisholmadi. Bola baribir bola ekan. Qiynalmasligi uchun olingan yerlarni sotib, kredit to‘lashni tayinladim. Nasib qilsa, ozodlikka chiqqandan keyin yana tadbirkorlikni davom ettiraman, — deydi mahkum. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi