Muzaffar Saliyev, sobiq uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri
2017 yildan 2021 yilgacha uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021 yildan 2023 yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan Saliyev Muzaffar Xaldarbayevich 7 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sud hukmida keltirilishicha, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Muzaffar Saliyev 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilangan.
Muzaffar Saliyev va uning sheriklari davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-toroj qilgani xabar berilmoqda.
Bir necha sud hukmi bilan aybdorlardan 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni davlat foydasiga solidar tartibda undirish belgilangan.
Sobiq vazir nomiga rasmiylashtirilgan Lada Pickup, Treker avtomobillari, ikkita xonadon, bitta hovli, 14,6 ming dollarlik mablag‘i yetkazilgan zararni qoplashga qaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi