11:41 / 18.08.2024
172

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Foto: Andijon shahar hokimligi
Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 17 avgust kuni Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni imzolagan.

Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan. 2016—2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.

U 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani yozilgan audiosi tarqalib ketganidan so‘ng internetda mashhur bo‘lgandi va o‘sha yilning dekabr oyida sud hukmi bilan eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarimaga tortilgandi.

2018 yilning aprelida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun budjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun bosh vazir tomonidan hayfsan olgan hamda oxirgi marotaba ogohlantirilgandi.

2019 yilning avgustida esa u haqda video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Dilmurod Rahmatullayev “Bu Andijon shahri, viloyat va rahbariyatni obro‘siga putur yetkazish, deb o‘ylayman. Buni qoralayman, la’natlayman”, deya munosabat bildirgandi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sobiq hokim Dilmurod Rahmatullayev ishiga salbiy baho berib, uni ko‘p marotaba ogohlantirganini alohida ta’kidlagan. Keyinchalik u 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi