2024/2025 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan. Ularning 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Talabalikka tavsiya etilganlarning 120 845 ming nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etgan.
Kunduzgi ta’lim shakli uchun davlat grantiga 39 903 nafar, to‘lov-kontraktga 84 132 nafar abituriyent qabul qilingan. Sirtqi ta’lim shakliga – grantga (imtiyozli) 1 046 nafar, to‘lov-kontraktga 48 555 nafar abituriyent tavsiya etilgan. Kechki ta’lim shakliga – davlat granti asosida (imtiyozli) 153 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 8 455 nafar; masofaviy ta’lim shakliga – davlat granti asosida (imtiyozli) 51 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 4 576 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.
Shuningdek, talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafari imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilingan. Shundan davlat granti 10 494 nafar, to‘lov-kontrakti 3 736 nafar abituriyentga beriladigan bo‘lgan.
Bu yilgi imtihonlarda davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish balli – 121,7, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish balli – 94,7 ni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bir vaqtda o‘tkazilgan. Yangi tartibga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga tanlov OTMlarning tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra, testda ishtirok etgan abituriyentlar 18-27 avgust oralig‘ida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb, mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlashi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi