85
Prezident Nukusdagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlatimiz rahbari 2022 yilda hududga tashrifi chog‘ida ko‘rsatma bergan edi.
Shu asosda ellik gektardan ortiq maydon yanada obod qilinib, ko‘plab o‘tovlar barpo etildi. Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr. Unda ma’muriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish mumkin.
Majmuada qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlarning hamda Qoraqalpog‘iston tumanlarining o‘tovlari tashkil etilgan. Ularda qardosh ellarimiz tarixi, madaniyati va turmush tarzi o‘z ifodasini topgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident ushbu o‘tovlarni kirib ko‘rdi.
"Bizning tomirimiz, taqdirimiz bir. Mana shunday ishlarni ko‘paytirib, birgalikda festivallar o‘tkazib, xalqlar do‘stligini yanada mustahkamlash kerak. Milliy hunarlarni asrab, yosh avlodga yetkazish, bu bo‘yicha shogirdlar tayyorlash, bolalar uchun o‘z ona tilida kitoblar chiqarishni kengaytirish zarur", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bog‘da sun’iy ko‘l, orolcha va mehmonxona ham bor. Bular qisqa davrda mazkur maskanni turizm manzillaridan biriga aylantirdi. O‘tovlar, milliy kiyim va buyumlarga sayyohlar katta qiziqish bilan qaramoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi