
Foto: Videodan kadr
24 avgust kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan omborxonada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Videodagi dalillarga ko‘ra, yong‘in ko‘lami juda katta va undan chiqqan tutun ham yuqorilab bormoqda.
Toshkent shahar FVBning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat nazorat ostida ekanligi aytilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar