30
Termizda Afg‘oniston bilan savdo va logistika tartibini soddalashtirish maqsadida xalqaro savdo markazi ochildi
Foto: O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati
29 avgust kuni Termiz shahrida «Termiz xalqaro savdo markazi»ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev, Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining o‘rinbosari Nazarbek Malayev, Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari Qayrat Torebayev va boshqalar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, qulay ishbilarmonlik muhiti va logistikani yaratish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va tadbirkorlar uchun zarur sharoit yaratish maqsadida «Termiz xalqaro savdo markazi» barpo etilgan.
«Mazkur Markaz mintaqamizda savdo aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim platformaga aylanishiga ishonch bildirildi. Markazda Afg‘oniston fuqarolariga savdo-sotiq qilishlari, ta’lim, tibbiyot hamda boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi,» – deyiladi rasmiy relizda.
Ramziy tasma kesilib, Markaz rasman ochilganidan so‘ng diplomatik korpus vakillari «Termiz xalqaro savdo markazi» faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Termiz shahrida Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar hamda Ozarbayjon Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17 avgust kuni bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Kobulda Tolibon rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi