16:40 / 22.09.2016
6 696

«Qasoskorlar» rejissyori ko‘plab yulduzlar bilan amerikaliklarni Trampga qarshi ovoz berishga chaqirmoqda

«Qasoskorlar» rejissyori ko‘plab yulduzlar bilan amerikaliklarni Trampga qarshi ovoz berishga chaqirmoqda

Rejissyor Joss Uidon (Joss Whedon) AQShning navbatdagi prezidenti lavozimiga Hillari Klintonni nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlovchi piar-kampaniyani yo‘lga qo‘ydi. U o‘ndan ortiq Hollivud yulduzlari ishtirokidagi reklama roligini suratga oldi. Bu haqda "The Hollywood Reporter"ga asoslanib "Kun" xabar beradi.

Uidonning reklama kampaniyasi «Save the day» («Vaziyatni qutqar») degan nom oldi. Birinchi rolikda Robert Dauni, Skarlet Yoxannson, Mark Ruffalo, Jeyms Franko, Julianna Mur, Martin Shin, Stenli Tuchchi, Natan Fillion, Don Chidl, Nil Patrik Xarris, Kobi Smolders, Klark Gregg va Eshli Jonson kabi yulduzlar suratga tushgan.

Avvaliga aktyorlar hazil tariqasida arzirli sabab bo‘lmasa shuncha «yulduzlar» bekorga yig‘ilmasligini aytishadi va keyin faol tarzda amerikaliklarni Hillari Klinton foydasiga ovoz berishga chaqirishadi.

Aktyor Don Chidl Trampni Amerika jamiyati to‘qimalariga ziyon keltiruvchi «qo‘pol irqchi qo‘rqoq» deb atadi.

Biz chindan ham yadro qurollarini asosiy maqsadi — bo‘shatish, bo‘shatish va yana bo‘shatish bo‘lgan insonga ishonib topshirishni istaymizmi?

Biz bu dahshatni boshlanmasidan avval oldini olishimiz mumkin. Biz vaziyatni qutqarishimiz mumkin. Farzandlarimiz uchun.

Video tugashiga yaqin yana hazil paydo bo‘ldi. Yulduzlar Hillari nomzodi g‘olib bo‘lsa, aktyor Mark Ruffalo («Qasoskorlar»dagi Xalk) o‘zining navbatdagi filmida ochiq sahnada chiqishini va’da berishdi.

The Hollywood Reporter qayd etishicha, Uidon Klinton kampaniyasi uchun million dollar sarfladi va saylovoldi yulduzlar ishtirokida 15-25ta komediya roliklar chiqarishni rejalashtirmoqda.

So‘z Trampga hujum to‘g‘risida ketmayati, sababi u o‘ziga o‘zi hujum qilmoqda. Kampaniya odamlarni o‘ziga jalb qilishiga ishonishmoqda, sababi, hayotdagi muhim saylovga insonlarning loqaydlik bilan qarashi qo‘rqitmoqda.

2015 yil «Qasoskorlar» filmini tugachtgach, u filmni navbatdagi qismini olishni to‘xtatib, o‘zini to‘liq ma’noda Save the Day kampaniyasiga bag‘ishladi. U rolikni olishda mahoratli mualliflar, jumladan, Funny or Die loyihasi ijodkorlari bilan birgalikda ishladi. Saylovdan so‘ng Uidon o‘z faoliyatiga qaytishni maqsad qilgan.

Uidon — Klintonni qo‘llab-quvvatlayotgan yagona Hollivud yulduzi emas. Masalan, Leonardo Di Kaprio avgust o‘rtasida nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli mablag‘lar yig‘ish ishini boshlab yubordi, biroq uni Malayziyadagi janjalga aloqador, deb gumon qilishni boshlashganidan so‘ng, u bandligini bahona qilib, kampaniyani bekor qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qasoskorlar» rejissyori ko‘plab yulduzlar bilan amerikaliklarni Trampga qarshi ovoz berishga chaqirmoqda