20:51 / 06.09.2024
24

2024 yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl bo‘ldi

2024 yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl bo‘ldi
Foto: AP
«Kopernik» iqlim o‘zgarishi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yozi shu vaqtda qadar amalga oshirilgan kuzatuvlar tarixida eng issiq fasl sifatida qayd etildi.

Shuningdek, bu Yevropadagi eng issiq mavsumga aylangan: 1991-2020 yillar davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,54 darajaga yuqori. Shunga qaramay, Buyuk Britaniyada 2015 yildan beri eng salqin yoz kuzatilgan, Yevropaning aksariyat qismida esa yoz fasli odatdagidan issiqroq kechgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda dunyodagi o‘rtacha harorat 1991-2020 yillar davomida kuzatilgan ko‘rsatkichlardan 0,7 darajaga ko‘tarilgan — bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan oldingi o‘rtacha eng yuqori harorat o‘tgan yilda qayd etilgandi.

Butun dunyoda issiq to‘lqinlar va ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlari kuzatilmoqda. «Joriy yozda kuzatilgan haroratga bog‘liq ekstremal hodisalar yanada intensivlashadi», — deydi «Kopernik» direktori o‘rinbosari Samanta Berjess.

Butun Yevropa bo‘ylab harorat bilan bog‘liq rekordlar yangilangan. Avstriyada ham kuzatuvlar tarixidagi eng issiq ko‘rsatkich qayd etilgan. Ispaniyada avgust o‘z tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.

Yevropaning janubiy va sharqiy qismida havo harorati ko‘tarilgan bir paytda Irlandiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Islandiyaning g‘arbiy qismlari va Norvegiya janubida havo biroz salqin keldi.

Inson faoliyati global harorat ko‘tarilishining eng muhim sababiga aylangan bo‘lsa-da, 2023 va 2024 yillardagi rekord darajadagi issiqlik El-Nino iqlim fenomeni tufayli yuzaga kelgan.

El-Nino — kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishi. Bu butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2024 yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl bo‘ldi