22:27 / 08.09.2024
27

Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi

Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
Jizzax viloyatida fuqarolarning biriga o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, uning 20 mln so‘m pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi ayol M.S. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.A. jabrlanuvchi ayol M.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "bank operatori" sifatida tanishtirib, SMS xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

So‘ng uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 20 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi