Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Xavfsiz daryo boshqarmasi davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi mansabdor xodimi ushlandi.
Qayd qilinishicha, u Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan maxsus texnikalar yordamida Qashqadaryo atrofidan noqonuniy ravishda qum qazib olinayotganini aniqlagan. So‘ngra, unga nisbatan chora ko‘rmaslik va ushbu noqonuniy holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan ekskavator-yuklagich texnikasini chiqarib berish, shuningdek, kelgusida qum qazib olishida rahnamolik qilish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan.
Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Boshqa holatda, Surxondaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida nazorat o‘lchov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonaning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, qurilish ishlari bo‘yicha qo‘shib yozish holatlarini tekshiruv xulosasida ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan.
DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis 150 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari hamda 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?