11:35 / 23.09.2016
7 461

Inson salomatligi uchun xavfli mahsulot ishlab chiqargan “tadbirkor” ushlandi

Inson salomatligi uchun xavfli mahsulot ishlab chiqargan “tadbirkor” ushlandi

Akmal Ahmedov pul topishning noqonuniy yo‘lini tanladi. Hovlisiga juvoz uskunasini o‘rnatib, yashirin faoliyatni yo‘lga qo‘ygan “tadbirkor” inson salomatligi uchun yaroqsiz paxta yog‘ini ishlab chiqardi va bozorda bemalol sotaverdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Uning yashirin sexiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari kirib kelishganida barchasiga oydinlik kiritildi. Tadbir davomida yashirin sexdan 580 litr paxta yog‘i, 480 kg kunjara, 300 kg chigit, ikki dona juvoz uskunasi, 10 dona turli hajmdagi chigit yog‘i solishga mo‘ljallangan maxsus idishlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Sud tomonidan “ishbilarmon” Akmal Ahmedovga har oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda uch yil muddatga axloq tuzatish jazosi qo‘llanildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Inson salomatligi uchun xavfli mahsulot ishlab chiqargan “tadbirkor” ushlandi