O‘zbekistonda tashkil qilingan Xalqaro Bobur fondi yaqin ikki yil davomida Afg‘oniston hududidagi mashhur o‘zbek allomalari qabrlarini ta’mirlashni rejalashtirgan, deb xabar qiladi "Diydoraziz" nashri.
Bugungi kunda Bobur xalqaro fondi tomonidan bir necha shunday loyihalar amalga oshirildi. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun haykaltarsh va etakchi tosh kesuvchi ustalardan biri bo‘lgan usta Tohir Rahimov taklif qilingan. Usta Rahimov tosh kesuvchilar sulolasining sakkizinchi avlodidan bo‘lib, u Navoiy viloyatining G‘ozg‘on qishlog‘ida yashaydi. “Usta Alisher Navoiyning ustozi bo‘lgan, hazrat Lutfiy Xiroviya qabri uchun marmar yodgorlik toshi yasadi. U kishining qabrlari Hirotdan 60 km masofada joylashgan Kashti-Kanor qishlog‘ida joylashgan. Usta buyurtmani bergilangan vaqtda va yuqori sifatda amalga oshirdi. Shuningdek mahalliy aholi G‘ozg‘on marmarining yuqori sifatini qayd qilishdi”, — dedi fond vakili.
O‘tgan yili yana bir yirik loyiha amalga oshirilgan edi – Alisher Navoiy maqbarasi uchun sag‘ana va eshik yasalgan edi. Raximov buyuk o‘zbek shoiri qabrini ta’mirlashda shaxsan qatnashishi uchun Afg‘onistonga yo‘l olgan edi. Ta’mirlash davomida O‘zbekistondan olib kelingan 1150 dona ko‘chatlar ham ekilgan edi.
Bu yil ham Bobur fondi delegasiyasi va ustalar yana bir bor Afg‘onistonda bo‘lishdi. Guruh oldida Alisher Navoiy bog‘i yaratish, Karux shahrida joylashgan Said Muhammad Xudoyorxon qabriga yodgorlik o‘rnatildi. Ekspedisiya tomonidan Kamoliddin Behzod qabri ustida ham, Andijonlik ustalar tomonidan tayorlangan ayvon o‘rnatilib, qabr atrofida Andijondan olib kelingan 2000 tup daraxt va 400 dona gul ekildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi