00:01 / 13.09.2024
171

Qo‘shnining uyiga o‘tish taqiqlandi

Qo‘shnining uyiga o‘tish taqiqlandi
Mana 30 yildan oshdiki, K.R. Andijon tumanining O‘rikzor mahallasida yashab keladi. Hovlisiga yaqin joyda kattagina quruq yer bor. Ancha yillardan buyon bu yerga hech kim kelmaydi. O‘ylaydi-ki, bu yer egasiz va uni o‘zinikiga aylantirish harakatiga tushib qoladi.

Biroq adashadi, u joy allaqachonlar bir odam, A.Yu. tomonidan sotib olingan va egaligiga o‘tgan. Yerning qonuniy egasi kelganda esa haqiqiy mojaro boshlanadi va oxiri masala sudgacha yetib boradi.

Sud tomonlarni eshitgach, asli qo‘shnilar bo‘lgan ikki tarafni murosaga keltirdi va A.Yu.ning yerini qo‘shnisi bo‘lmish K.R. buzib o‘tmaslik majburiyati yuklanishini belgilab berdi.

Bu ishni Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi xodimlari sifatli yakuniga yetkazdi va qo‘shnilar o‘rtasidagi chegara belgilanib, biri birovining yerini buzib o‘tmasligi tushuntirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shnining uyiga o‘tish taqiqlandi