
‼️ Xabaringiz bor shu kunlarda yurtimizda “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.
? Bu galgi festival Milliy tibbiyot markazida ham o‘zgacha ruhda tashkil etildi.
? Markazda o‘tkazilgan “Xon atlas” festivali doirasida 8 nafar hamshiralarning munosib ishtiroki ta’minlanib, ular nafosat, go‘zallik va zukkolik bobida o‘zaro bellashdilar.

? Birinchi shart "Men haqimda" deb nomlandi va bunda ishtirokchilar 3 daqiqa ichida o‘zining shaxsiy hayoti, ma’lumoti, qiziqishlari, ishdagi yutuqlari, kitobxonlik salohiyati va boshqa qobiliyatlarini yoritib berdilar.

? Ikkinchi shart savollarga javob berish sharti bo‘lib, bunda hamshiralarning milliy urf-odatlarimiz haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Aytish kerakki, bellashuvda hakamlar hay’ati ishtirokchilarning qobiliyati, liboslari, estetik madaniyati hamda notiqlik mahoratiga alohida e’tibor berdilar.

✅ Shuningdek, tanlov doirasida xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi ham qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

♻️ Tanlov yakunida har bir shartda o‘z iste’dodi, tashabbuskorligini namoyon etib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar taqdirlandilar.

? G‘oliblarga Markaz rahbariyatining pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
✍️Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar