73
Qashqadaryoda soliqchilar restoranda qarzga yeb-ichib, keyin tadbirkorni tekshirgani va qamatib yuborgani aytilmoqda
Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasi / Foto: Viloyat soliq boshqarmasi
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasi xodimlari 12 avgust soliqchilar kunini nishonlash uchun hududdagi “Movaraunnahr” restoranida qarzga yeb-ichgani va pulini so‘ragan tadbirkorga tekshiruv e’lon qilib, 6 sutkaga qamatgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda restoran egasi Anvar Yangiboyev Daryo nashriga gapirib bergan.
“12 avgust kuni soliqchilar kuni ekan. O‘sha kuni tumandagi soliqchilarning to‘rt-besh nafari kelib, kechki payt banket qilmoqchi ekanini aytdi. Joy qilib bering deyishdi. O‘zlari bilan olib kelingan bir yashik aroq va gazli ichimliklarni tashlab ketishdi va kechki payt soat 7 larda yig‘ila boshladi. O‘sha kuni soliqchilar tonggi 03:00 gacha juda tartibsiz o‘tirishdi, ko‘p idishlar sindirildi. Biroq hisob-kitob qilmay ketishdi. Hatto rahmat ham aytishmadi.
Uch kundan keyin hududimizga mas’ul bo‘lgan Ozod ismli inspektorga telefon qilib, o‘sha kuni yaxshi o‘tdimi, kamchilik bo‘lmadimi, bolalar yaxshi xizmat qildimi, deb so‘radim va hisob-kitob bo‘lmaganini aytdim. Rahbarining avvaldan mehmonlari bo‘lganini, qarzi borligini eslatdim-da, “uni so‘ramayapman, lekin buning hisobini qilib ketmasangiz bo‘lmaydi. Men butun tumanning xarajatini ko‘tara olmayman”, dedim. Ozod: “Hisob-kitob qilamiz aka, yopiladi”, dedi. Lekin kelmadi”, – degan bu haqda Daryo‘ga gapirib bergan tadbirkor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muloqotdan keyin restoranga 3 nafar soliqchi kelib, o‘sha kungi yeb-ichar hisobini ko‘rgan, lekin hisob-kitob qilinmagan.
“Ertasi kuni yana Ozodga telefon qilib, soliqchilar kelishibdi, lekin hisobni to‘lashmabdi, dedim. Ozod bu haqda boshliqqa aytaman dedi va ertasi kuni soat 2 larda 2 million 900 ming so‘m pul olib kelyapti. O‘zi jami hisob-kitob o‘zlari arog‘i va gazli ichimliklarini olib kelishgani bois 3 million 400 ming so‘mdan sal oshgandi. 2 million 900 ming so‘mni olib, bu banket uchunmi yoki eski qarzlarmi, dedim. “Banket uchun oling buni, eski qarzlarni boshliqning o‘zi bilan gaplashasiz”, dedi. Xo‘p deb pulni olib qoldim va ichkariga kirdim. Ozod soliqchi ketdi. Oradan yarim soat ham o‘tmadi, xonamda o‘tirgandim xodimlarim soliqchilar kelishdi, dedi.
Chiqsam, 2 kishi turibdi. Bu soliqchilarni ilgari tanimas ekanman, faqat banketda ko‘rgandim. Ular restoranning 35 million so‘m atrofida soliq qarzdorligi borligini, yopmoqchiligini aytdi”, – degan tadbirkor.
Uning aytishicha, yuzaga kelgan 35 million so‘mlik qarzdorlik mulk solig‘i bo‘lib, bu miqdor har kvartalda oshib borgan. Bu summa ichida chek bermaganlik uchun jarima ham qo‘yilgan. Lekin bu haqda tadbirkorga hech kim xabar bermagan. U bularning barchasi o‘sha kungi banket pulini so‘ragani uchun bo‘lyapti, deb taxmin qilgan.
“Qonuniy tartibda kelishlari kerakligini aytib, ulardan restorandan chiqib ketishni talab qildim. O‘zim ham chiqarishga urindim. Shunda soliq xodimining ustidagi ko‘ylagi tugmasi uzilgan ekan”, deydi Anvar Yangiboyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 sentyabr kuni bu ishni ko‘rib chiqqan Ko‘kdala tuman sudi tadbirkorning soliqchilarga qilgan xatti-harakatini qoralab, unga 6 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi holatni nazoratga olgani, voqea o‘rganilayotganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?