Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro P.D. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolar A.D. va X.N.ga Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydoni hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratilgan 2 gektar yer maydonini fuqaro F.Sh.ga 61 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.T. fuqaro A.P.ning yaqin qarindoshiga Asaka tumani “Yoshlar sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 5 sotix yer maydonini go‘yoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Konimex tuman bulimi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.B. auksion savdosi orqali sotib olgan Qiziltepa tumanidagi 3 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash yana 4 sotix yer maydonini fuqaro X.P.ga 15 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini 4 000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, jami 19 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro A.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor tumani “Xalqobod” massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 6 sotix maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 17,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?