Foto: Toshkent shahri IIBB
Toshkentda odamlarning mulkini firib va aldov yo‘li bilan egallagan 3 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1989 yilda tug‘ilgan Rominov Sardor Farxodovich, 1990 yilda tug‘ilgan Yuldashev Baxtiyor Xabibulla o‘g‘li, 1993 yilda tug‘ilgan Xusainov Timur Rustamovich Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan.
Ushbu shaxslar odamlarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turar-joy va boshqa ko‘chmas mulklarini garov evaziga o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan.
Odamlar belgilangan muddatda qarzni bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va mulkini tortib olish bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, ular fuqaro bilan qarz yoki oldi-sotdi shartnomasi tuzilganidan so‘ng, kelishilgan summadan kam miqdorda pul bergan.
Qayd qilinishicha, gumondorlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?