Foto: YouTube
Xonanda Zohida Umarova qizi Madlen Sharipova bilan “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuviga intervyu berdi. Ushbu intervyu davomida Zohida Umarova qizining ismi tarixini so‘zlab berdi.
— "Madlenga homiladorman, 8 oylik edi. O‘shanda yurtimizga AQSH davlat maslahatchisi Madlen Olbrayt xonim keldilar. Yaxshi bitimlar imzolangan haqidagi xabarlarni ko‘rib o‘tiribman. O‘shanda ichimdagi bola rosa qattiq qimirladi. Farzandim qizligini bilaman, unga albatta Madlen deb ism qo‘yaman, degan qarorga keldim", deydi Zohida Umarova
— "Adashib ko‘pincha meni Madina deb chaqirishadi. Jahlim chiqadi, meni unaqa deb chaqirmanglar, men Madlenman deyman", deydi Madlen Sharipova.
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Yorqinxo‘ja Umarovning divan ustida o‘mbaloq oshayotgani aks etgan videosi tarqalgan hamda foydalanuvchilarning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Zohida Umarova ushbu video ostiga negativ yozayotganlarga murojaat qildi.
— "Yorqinxo‘janing yili maymun. Aziz odamlar, hammani boricha qabul qiling. Nimaga u kimgadir o‘xshashi kerak? U shunday tug‘ildi va shunday tarbiyalandi. U sizga fosiqlik qilmayapti, dilozorlik qilmayapti. U qo‘shiqlar kuylab, kayfiyatingizni ko‘taryapti, tanqid yomon narsa", deydi Zohida Umarova. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."