Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi yangi elchisi Toyvo Klaar o‘zbekistonliklarni ko‘proq velosiped va jamoat transportidan foydalanishga undadi.
16-22 sentyabr kunlari davom etadigan Yevropa harakatlanish haftaligi munosabati bilan tayyorlangan videolavhada diplomat piyoda yurish va jamoat transportidan foydalanishni ma’qul ko‘rishini ta’kidlaydi. Elchiga ko‘ra, har bir inson o‘zgarishlarni o‘zidan boshlashi, g‘oyalarni nafaqat ilgari surish, balki ularga amal qilishi ham kerak.
Piyoda yurish, velosiped va jamoat transportidan foydalanish atrof-muhit tozaligini saqlash, resurslarni tejashga xizmat qilishi, ayni choqda, bu sog‘lom turmush belgisi ekani ta’kidlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Yevropa harakatlanish haftaligi YEI tomonidan Xalqaro jamoat transporti ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etib kelinadi. Haftalikdan ko‘zlangan maqsad ham insonlar salomatligini saqlash, ham atrof-muhit tozaligini muhofaza etishdan iborat. Piyoda, velosipedda yoki jamoat transportida harakatlanishni keng targ‘ib etish orqali transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, ekologiyani muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda energiya manbalarini tejash ko‘zda tutilgan. Bu yil haftalikka dunyoning 45 davlatidagi 2500 ga yaqin shahar qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"