Dilorom Usmonovaning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i hisobchi bo‘lib ishlardi. Nima bo‘ldi-yu, u kamomadga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Diloromning nomida uy bor edi. Er-xotin maslahatlashib, xonadonni sotuvga qo‘yishdi. Bundan xabar topgan Bobur Zoirov va Jamshid Ahmedovlarning paytavasiga qurt tushdi. Dilorom ham kalta o‘ylab, ularning tuzog‘iga tushdi.
Xullas, uyning oldi-sotdisi qalbaki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladigan bo‘ldi va ular mana shu usul bilan uyni bir necha shaxsga pullashmoqchi bo‘ldi.
Birinchi sotuvdan tushgan pul bilan D.Usmonovaning turmush o‘rtog‘i yo‘l qo‘ygan kamomad yopildi. Keyingi sotuvdan tushgan pullar o‘rtada taqsimlanadigan bo‘ldi.
Kunlarning birida “Ittifoq” mahallasida yashovchi Dildora Pirnazarovaning qulog‘iga etib bordi. Kelishuvga ko‘ra, uy 54 mln. so‘mga baholandi. Ko‘nglida hech qanaqa shubha yo‘q xaridor bo‘nak tariqasida 100 AQSh dollari uzatdi.
Bobur va Jamshid D.Pirnazarovaning uyiga kelishdi. Ayolni aldab undan 53 million so‘m olishdi va ishontirish uchun tilxat ham yozib berishdi.
Ammo jinoyi guruhning qilmishi fosh bo‘ldi. Ularga sudning hukmi bilan jazo tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi