Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyatida haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatidagi yo‘llarning birida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Damas mashinasini to‘xtatib haydovchidan necha nafar yo‘lovchi olib yetayotganini so‘raganda u 11 nafar deb javob beradi.
Biroq mashinadagi yo‘lovchilar tushirilib, sanab ko‘rilganda ularning soni 14 nafar ekani oydinlashadi.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddasi bilan qonuniy chora ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, Damas mashinasiga haydovchidan tashqari 6 nafar yo‘lovchi mindirish mumkin. Jizzaxda qayd etilgan holatda haydovchi belgilangandan 8 nafar ko‘p yo‘lovchi mindirib harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"