Har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi o‘rtasida nizolar ko‘payib borayotgani qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolmoqda", – dedi Prezident.
Shu bois endilikda xorijiy tajribaga asosan, uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.
Bunda developerlar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri bankka topshiradi.
Banklar esa yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo‘ladi.
Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.
Qurilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarida quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinishi belgilandi.
Nazorat inspektorlari bodikamera bilan ta’minlanadi.
Davlat hisobidan qurilayotgan har bir obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Ular operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yuboradi.
Shuningdek, noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasporti chiqarib qo‘yiladi, istalgan odam bu orqali hududda qanday obyekt qurilayotgani, qachon ruxsat olingani, kim qurishi, qachon ishga tushishi kabi ma’lumotlar olishi mumkin bo‘ladi.
Agar QR kodli pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi