11:26 / 27.09.2024
44

Basketbol federatsiyasi mansabdorlarining kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Basketbol federatsiyasi mansabdorlarining kirdikorlari oshkor bo‘ldi
Bosh prokuratura Basketbol federatsiyasidagi talon-torojliklar haqida ma’lumot berdi.

Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Yu.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MCHJ tashkil qilib, sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federatsiyadan 197 mln. so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Shuningdek, federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. federatsiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga guyoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln. so‘m mablag‘lari o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazildi va sudning hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Basketbol federatsiyasi mansabdorlarining kirdikorlari oshkor bo‘ldi