
Foto: Instagram
Xonanda Ruxshona Instagram sahifasi orqali ikkinchi marta oila qurgani haqida ma’lum qildi. “Xullas, shunaqa yangilik. Tabriklarni qabul qilamiz va familiyani o‘zgartiramiz. Men ham baxtli bo‘lishga haqqim bor-ku, to‘g‘rimi?”, deb yozadi xonanda.
Ruxshona nikoh tuzilgani haqidagi guvohnoma suratini joylab, “Bu prank yoki kino emas”, deya qo‘shimcha qildi.

Foto: Instagram
Avvalroq xonanda “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvida bir yil avval ayrim mansabdor shaxslarning nojo‘ya takliflari tufayli ikkinchi marta turmushga chiqqani haqida yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab bergan edi.

Foto: Instagram
Ruxshona 2022 yilda turmush o‘rtog‘i, klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi. Uning ikki farzandi — qizi va o‘g‘li bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar