10:00 / 01.10.2024
36

O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
Foto: Videodan kadr
O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketdi, deya ayrim ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda O‘zA O‘rmon xo‘jaligi agentligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas. Qo‘shimcha qilinishicha, agentlik binosi katta talofat ko‘rmagan. Yong‘in chiqqan universitet binolariga esa birmuncha ziyon yetkazilgan.

Ayni paytda mutaxassislar guruhi voqea joyida ish olib bormoqda. Tez orada yong‘in kelib chiqish sabablari, yong‘in asli qayerdan boshlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat haqida batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq 30 sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketgani haqidagi xabarlarga izoh berildi