15:09 / 01.10.2024
45

Agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tergov ishlari olib borilmoqda. 30 sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonini favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor A.X.Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib bordi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi