Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yettita mashina shikastlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 1 oktyabr kuni soat 18:15 lar atrofida Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Tirkama bilan harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasining tormoz qismida nosozlik yuzaga kelgan va u o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan yettita mashinaning ortidan urib, shikast yetkazgan.
Qayd etilishicha, hodisa tufayli hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirdi
BAA Qatarni shunchaki yanchib tashladi. O‘zbekistonga "kela olmagan" Limadan poker
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."