16:30 / 03.10.2024
27

Yangiyo‘lda qo‘yib yuborilgan kobralar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Yangiyo‘lda qo‘yib yuborilgan kobralar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani “Tuyabo‘g‘iz” MFY hududida fuqaroning xonadonida saqlangan kobra ilonlar qo‘yib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

2 oktyabr kuni tuman Ekologiya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari hamda MFY raisi va faollardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi
Aniqlanishicha, “Tuyabo‘g‘iz” MFY hududida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Yu. o‘zi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq Osiyo kobra ilonlarini tegishli ruxsatnomalarsiz saqlab kelgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, fuqaro N.Yu. xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qo‘yib yuborilgan. Bu holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib, ikkita kobra iloni tutib o‘ldirilgan.

Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi

Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi
Qayd etilishicha, hozirda ishchi guruh tomonidan shu yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilib uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda qo‘yib yuborilgan kobralar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
ePN