Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n uchni yoqtirmaslik birdaniga paydo bo‘lmagan. O‘rta asrlarda inglizlar uni “nonvoy dyujinasi” deb atashgan. Sababi, o‘sha paytda xaridor haqidan urib qolgan savdogarlar qattiq jazoga tortilar, hatto qo‘li chopilardi. Bundan qo‘rqqan nonvoylar xaridorlarni kattaroq miqdorda savdo qilishga rag‘batlantirish maqsadida, bir dyujina mahsulot olgan mijozga bitta qo‘shib, o‘n uchga etkazib berishardi. Bu haqda Mehrob.uz'ga asoslanib "Kun.uz" yozmoqda.
O‘n to‘qqizinchi asrgacha 13 soni bilan aloqador qo‘rquv faqat bitta sohada bo‘lgan: evropaliklar dasturxon atrofida o‘n uch kishi bo‘lib o‘tirishdan saqlanishgan. Agar shunday bo‘lib qolsa, ulardan biri keyingi yil davomida vafot etadi, deb hisoblashgan.Bu irimning yuzaga kelishiga esa Iso masih o‘z umrining oxirgi oqshomida o‘n ikki nafar havoriysi bilan bir dasturxon atrofida ovqatlanishgani, ertasiga Isoning xochga mixlanishi haqidagi to‘qima rivoyatni sabab qilib olishgan. Ko‘pchilik G‘arb mamlakatlarida, masalan, Fransiyada buning uchun maxsus agentlik ham ishlagan: muayyan miqdordagi pul evaziga o‘n uch kishilik davraga “o‘n to‘rtinchi mehmon”ni etkazib berishgan. O‘n to‘qqizinchi asrga kelib esa kishilar, qaysi sohada bo‘lmasin, o‘n uchdan qo‘rqa boshlashgan.
Aslida nasroniylikning o‘zi o‘n uchga hamisha baxtli son deya qaragan, chunki u Iso va havoriylarini ramziy aks ettirgan, aslo ularning so‘nggi oqshomda birga ovqatlanishlarini emas. Hozirda ham cherkov bu sondan qo‘rqishni gunoh deya ta’kidlaydi, lekin odamlar haqiqatan ko‘ra xurofotga ko‘proq moyil bo‘lishlari sabab bu irim “bolalab” ketgan...
Qanchalar g‘alati bo‘lmasin, Farbda bu irimga bugun ham ko‘pchilik qattiq ishonadi. Shu sababli ayrim ko‘pqavatli binolarda 13-qavat yo‘q: yo 12 dan keyin 14-qavat keladi yoki 12 A va 12 B qavatlar bo‘ladi, ba’zilarida 13-qavat shunchaki “+1” deya belgilanadi. Bu holat uy raqamlariga, teatrlardagi o‘rindiqlar qatorlariga, kema kayutalariga, samolyotdagi qatorlarga ham tegishli. “Formula–1” avtopoygalarida ham 12-raqamli mashinadan keyin 14-raqamlisi keladi.
“Apollon–13” fazo kemasining halokatini ham ko‘pchilik uning tartib raqamiga aloqador, deb biladi. U 1970 yil 11 aprelda, sharqiy yozgi vaqtga ko‘ra 14:13da parvoz majmuasidan uchirilgandi. Kema Oy orbitasiga aynan 13 aprel kuni chiqishi kerak edi.
Biroq, Sharqda: Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistonida, shuningdek, Italiyada o‘n uchdan umuman qo‘rqishmaydi. Mayya hindularida esa o‘n uch muqaddas va xosiyatli son. Hongkongda omad keltirishiga ishonib, telefon raqamlari va boshqa holatlarda shu sonni olishga intilishadi.
Bu ma’lumotlarni keltirishdan maqsad, o‘n uch sonidan qo‘rqadiganlarni qoralab, xosiyatli deb biladiganlarni yoqlash emas, aslo. Bularning hammasi irimdan, tasodifdan boshqa narsa emasligini, insonning boshiga keladigan ishlar, ayrimlar ishonganidek, buyumlar yoki sonlarga bog‘liq bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidlashni istadik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi