12:54 / 11.10.2024
55

Toshkentda 32 nafar “zakladchik” ushlandi

Toshkentda 32 nafar “zakladchik” ushlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Oktyabr oyining 10 kuni davomida giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan (“zakladka”) tarqatgan va shunday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan 32 nafar shaxs ushlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, ularning yonidan va yashirgan joylaridan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Barcha holatlar yuzasidan tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning 20 sentyabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 32 nafar “zakladchik” ushlandi