
Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuraturada "Sun'iy intellekt imkoniyatlarini prokuratura tizimiga joriy qilish" mavzusida davra suhbati oʻtkazilgan.
Unda Bosh prokuratura uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning mas'ul xodimlari ishtirok etgan.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja, "AIM Laboratory" MChJ rahbari Hikmatilla Ubaydullaev, "XCDM" MChJ rahbari Samandar Tursunaliev, texnobloger Sa'dulla Abdullaev qatnashgan.
Ular tizimda sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va keng qoʻllash, raqamli ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini, ularning yuqori sifatini ta'minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida fikr bildirib, turli ma'lumotlar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar