16:21 / 13.10.2024
165

Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati
Andijon viloyatida sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatib kelgan erkak ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi ayol S.T. IIBga murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M. aslida jabrlanuvchi ayol S.T.ning sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.

U sobiq xotinini obro‘sizlantirish maqsadida Telegram'da akkaunt ochib, ayolga tegishli bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi behayo foto va videotasvirlarni tarqatib kelgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 139- (tuhmat), 140- (haqorat qilish) va 141/3- (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Andijon, Sobiq xotini, Uyatli suratlari, Internet, Tarqatgan erkak, Jinoyat ishi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi