
Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand viloyatining Jomboy tumani, "Dehqonobod" MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1069-kmda YTH sodir boʻldi.
Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xabariga koʻra, Damas avtomashinasi harakat davomida rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi beton toʻsiqqa kelib urilgan va agʻdarilgan.
Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar