
Zinnura Nazarbekova va Zohida Umarova
Foto: Kollaj
Xonanda Zohida Umarova “Hayot TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida kelini, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qizi Zinnuraning kuchli ovoz sohibasi ekanligi haqida gapirdi.
— Zinnura bilan karaokega borgandik. U qoʻshiq aytsa, istalgan xonandani sindirib qoʻyadi. Kelinimning ovoz texnikasi dunyolarcha. Qizim, nega siz qoʻshiq aytmaysiz desam, yoʻq, ayajon men qoʻshiq aytmay qoʻya qolay, deydi. Yorqinxoʻja bir kuni menga ularning qiroat qilganlaridan bir parcha videoni tashladi. Ishoning, boshqa qoʻshiq aytmayman dedim. Kelinimning oʻzlariga ham aytdim, “yoʻq, men sizdan uyalaman”, dedi. Hayron qoldim ularning qiroatiga. Kelinim Oʻzbekistondagi eng yaxshi qoriya qiz-ku, dedim.
Bundan tashqari, YouTube kanal boshlovchisi Zinnurani ham suhbatga tortib, “Qaynonangizning qaysi odatlarini yomon koʻrasiz?”, deb savol bergan.
— Ularning yomon odatlari yoʻq, chunki ularni ona deb qabul qilganman. Oʻzimning onamni qanday qilib yomon koʻrishim mumkin? Ular onam boʻlganlari uchun hamma odatlarini yaxshi qabul qilaman. Koʻpchilik tanishlarim mendan “Qaynonang qanaqa?”, deb soʻrashsa ham “Qaynona demanglar, iltimos, ular mening onam”, deb javob beraman”, deydi Zinnura Nazarbekova.
“Alloh qaysidir yaxshi xislatimga shu qizni menga kelin qilib berdi. Hamma narsadan cheklanib aytyapman. Otasi, onasi, akasi, ukasi — men ularni tanimayman. Men Zinnuraoyni taniyman”, deydi Zohida Umarova kelini haqida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar