date 19:39 / 17.10.2024
views 72

Tadqiqot: Bolalikda videooʻyin oʻynaganlar ulgʻayganda koʻproq daromad topadi

Tadqiqot: Bolalikda videooʻyin oʻynaganlar ulgʻayganda koʻproq daromad topadi
Bolalikda oʻynalgan videooʻyinlar kelajakdagi daromadga ta'sir koʻrsatadi — AQSh olimlari ming kishining karera yoʻlini kuzatib, shunday bogʻliqlikni aniqladi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, bolaligida videooʻyinlar oʻynaganlar 71 foiz koʻproq yuqori lavozimga koʻtarilgan. Bundan tashqari, bu toifadagi odamlar oʻsmirlik davrida oʻyinlarga qiziqmagan tengdoshlariga nisbatan yiliga oʻrtacha 5451 dollar koʻproq daromad olgan.

Tahlilchilar oʻyinlarni agressiv xulq-atvor va jamiyatdan uzilish bilan bogʻlaydigan eski qarashlarni eslab, bu nuqtai nazar endi eskirganini ta'kidlamoqda.

Soʻrov ishtirokchilarining oʻzlari oʻyinlar ularga strategik fikrlash va jamoada muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berganini tan oladi.

Bugungi kunda amerikalik ota-onalarning 95 foizi bolalariga oʻyin oʻynashga ruxsat bergan, 65 foizi esa oʻzlari ham bolaligida oʻynaganini aytishgan. Farzandlariga videooʻyin oʻynashga ruxsat berganlarning aksariyati, bu ularning muammoni hal qilish koʻnikmalarini yaxshilashga yordam berishiga ishonadi.

Bolalari videooʻyinlar oʻynaydigan ota-onalar orasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, ularning farzandlari akademik va ijtimoiy sohalarda muvaffaqiyatga erishmoqda: deyarli yarmi bolalari maktabda eng yuqori A baho olishini, yana 38 foizi oʻrtacha B olishini ta'kidlagan. Atigi 14 foizi esa farzandlari oʻqishda qiynalayotganini bildirgan.

Ammo muayyan bir chegaradan oʻtgach, videooʻyinlarning aqliy rivojlanishga boʻlgan ijobiy ta'siri salbiy oqibatlarga aylanadi, deb ta'kidladi olimlar. Ular ushbu chegarani aniqlash uchun yangi tadqiqot ustida ishlayotganini ma'lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat