Foto: Fergana.media
O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi davlat sifatida qoladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi ochilishida ma’lum qildi.
Fergana.media muxbirining O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilish maqsadida o‘z suverenitetini cheklashga rozi bo‘ladimi, degan savoliga Saidov salbiy javob berdi.
«Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston suveren davlat ekanligi qayd etilgan. Agar biz har qanday harbiylashtirilgan mudofaa tuzilmalari va tashkilotlariga qo‘shilish haqida gapiradigan bo‘lsak, unda yo‘q, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz yigitlarimizni hech qachon harbiy missiyalarni, shu jumladan tinchlikparvarlik missiyalarini bajarish uchun [chet elga] yubormaymiz. Hududimizda xorijiy harbiy bazalar bo‘lmaydi», dedi vitse-spiker.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyaga kelsak, bu tashkilotda O‘zbekiston uchun kuzatuvchi davlat maqomi ko‘proq mos keladi, dedi Saidov.
«Men O‘zbekistonning YEOIIga kirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi rahbariman. Biz ushbu tashkilotning mingdan ortiq turli hujjatlarini sinchiklab o‘rganib chiqdik va bugun shunday xulosaga keldik — O‘zbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini saqlab qolishdan manfaatdor», dedi u.
Saidovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston YEOIIga qo‘shilishdan juda kam foyda olgan. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari esa Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilgan va ularga qat’iy amal qilinadi.
YEOII 2001 yilda tashkil qilingan bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a’zo sanaladi. Moldova va Kuba, shuningdek, 2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston kuzatuvchi davlat maqomini olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalardan odamlar sog‘lig‘i yanada yomonlashgani qayd etilmoqda
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi