
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 19 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20 oktyabrga kelib kechasi 10-12 darajani, kunduz kuni 25-28 darajani tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kunduzi 18 oktyabrda 20-22 daraja, 19 oktyabrda kechasi 6-8°, kunduzi 23-25°, 20 oktyabrda kechasi 9-11°, kunduzi 25-27° bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar