16
Toshkentda “duxovka” va kir yuvish mashinasiga yashirilgan giyohvandlik vositalari aniqlandi
Foto: Skrinshot
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tadbirda o‘zini shubhali tutgan 2006 yilda tug‘ilgan shaxs tekshirilgandan yonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositlari topilgan. Uning Mirobod tumanidagi vaqtincha yashash manzilidan esa ichiga 2 kg 50 gr sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan “Duxovka” maishiy texnikasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xonadondan yana ikki turdagi 139 gr sintetik giyohvandlik vositalari, “zakladka” usulida tarqatish uchun qadoqlashda foydalaniladigan elektron tarozi, 1 000 dona “zip paket”, izolyatsion lentasi, jinoiy harakatlarni sodir etishda foydalanilgan noutbuk va 2 dona telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Foto: Skrinshot
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1998 yilda tug‘ilgan shaxs yashash yonidan giyohvandlik vositalari topilgan Uning yashash manzilida ichiga 2 kg 190 gr sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan idish yuvish maishiy texnikasini saqlab kelayotganligi shuningdek 600 dona “zip-paket”, elektron tarozi, izolenta va maxsus moslamalar borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy muomaladan chakana narxi 5 milliard 200 million so‘mlik jami 4 kg 490 gr sintetik giyohvandlik vositasi olinib, hozirda tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?