
Foto: IIB YHXB
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida qoʻylarni urib yuborgan “Spark”da yongʻin kelib chiqqan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, hodisa bugun, 19 oktyabr kuni soat taxminan 05:00 larda sodir boʻlgan.
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan D 017 "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yoʻlining 17-kilometrida haydovchi, 26 yoshli D.Sh. “Spark” mashinasida ketayotib, yoʻlning qatnov qismida boʻlgan 22 bosh qoʻyni urib yuborgan.
Haydovchi mashinani toʻxtatib, undan tushganidan soʻng Spark salonida yongʻin kelib chiqqan. Oqibatda mashina toʻliq yonib ketgan. Shuningdek, 22 bosh qoʻy nobud boʻlgan. Haydovchi jarohat olmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar