
Foto: IIB YHXB
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida “Neksiya” mashinasi “Jentra” bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 14 oktyabr kuni soat 18:20 larda sodir bo‘lgan.
4R-89 “Qarshi-Nishon-Tallimarjon-GRES” avtomobil yo‘lining Nishon tumanidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan “Neksiya” mashinasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Jentra”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Neksiya” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda “Neksiya” mashinasi ikkiga bo‘linib ketgani va uning orqa qismi butunlay parchalanib ketganini ko‘rish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar