Hukumatning joriy yil 19 oktyabrdagi tegishli qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlar energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, 1 noyabrdan foydalanish maydoni 200 kv. metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun «A», «B», «C», «D», «Ye», «F» va «G» belgilari joriy etiladi.
Bunda «A» toifasi energiya samaradorligi eng yuqori, «G» toifasi esa energiya samaradorligi eng kam bo‘lgan bino va inshootlarni belgilash uchun qo‘llaniladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi energiya samaradorlikni oshirishda energiya auditidan o‘tkazish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Shuningdek, vazirlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan joriy yil yakunigacha foydalanish maydoni 200 kv.metrdan ortiq bino va inshootlar uchun o‘tkazilgan energiya auditi yakunlari bo‘yicha hisobotlar va energetika pasportlarining elektron reyestrini yuritishga mo‘ljallangan elektron platformani ishlab chiqadi va ishga tushiradi.
Bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasi energiya resurslari iste’moli qiymatining og‘ish kattaligi (energiya samaradorlik indeksi) bo‘yicha aniqlanadi. Bunda haqiqiy iste’mol qiymati bilan me’yoriy (etalon) iste’mol qiymati o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
Ushbu qiymatning og‘ishi miqdoriga qarab, samaradorlik toifasi aniqlanadi. Odatda, past iste’molga ega binolar yuqori samaradorlik toifasiga kiradi.
Mazkur jadvalga muvofiq, birinchi guruhga quyidagi toifalar kiradi:
«A» — energiya sarfi – 40 foizdan ko‘proq;
«B» — - 40 foizdan – 26 foizgacha;
«C» — - 25 foizdan – 11 foizgacha.
Mazkur toifadagi bino va inshootlar iqtisodiy rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan energiya samaradorlikka ega hisoblanadi.
Keyingi guruhga faqat «D» toifasi kiradi hamda bu toifaga kiruvchi binolarning energiya sarfi -10 foizdan + 4 foizgachani tashkil etadi. Bu normal iste’mol hisoblanadi.
Navbatdagi guruhga quyidagi ikkita toifa kiradi:
«Ye» — +5 foizdan +14 foizgacha;
«F» — +15 foizdan +25 foizgacha.
Mazkur toifalarga kiruvchi bino va inshootlarning energiya samaradorligi past bo‘lib, ular issiklik yo‘qotishlarini kamaytirishlari zarur.
Oxirgi «G» toifasiga kiruvchi binolar eng past samaradorlikka ega bo‘lib, ular me’yordan +25 foiz yoki undan ko‘proq energiya sarf qiladi. Bu binolarni mukammal ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish talab etiladi.
Ko‘rsatmalarning bajarilishi toifasi «D» va undan past bo‘lgan bino va inshootlar uchun majburiy hisoblanadi. Bundan yakka tartibdagi uy-joylar mustasno.
Avgust oyi boshida prezident tomonidan energiyani tejash va undan oqilona foydalanishga qaratilgan qonun imzolangandi. Hujjat bilan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini belgilash nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi